Huquqiy

Maxfiylik siyosati

Biz sizning ma'lumotlaringizni ehtiyot bilan boshqaramiz. Mana qanday qilib.

Amal qilish sanasi: 2026-yil 1-iyun

1. Qanday ma'lumotlar yig'amiz

Ro'yxatdan o'tishda: email, telefon, korxona nomi, parol (xeshlangan holda). Xizmatdan foydalanishda: siz kiritgan biznes ma'lumotlari (itemlar, ish buyurtmalari va h.k.). Texnik: brauzer va qurilma haqida asosiy ma'lumot, IP manzili.

2. Ma'lumotlardan qanday foydalanamiz

SENTRA xizmatini taqdim etish va takomillashtirish. Sizga texnik yangiliklar yuborish. Sotuv jamoamizning bog'lanishi (faqat ro'yxatdan o'tishdan keyingi 24 soat ichida). Reklama maqsadlarida emas.

3. Ma'lumotlar bilan ulashish

Ma'lumotlaringizni sotmaymiz. Faqat qonun talab qilgan hollarda davlat organlariga taqdim etishimiz mumkin. Click va Payme to'lovlari uchun zarur minimum ma'lumotlar (summa, sana) o'sha platformalarga uzatiladi.

4. Ma'lumotlar xavfsizligi

Ma'lumotlar shifrlangan holda saqlanadi. Kunlik backup. Parollar bcrypt/scrypt orqali xeshlanadi — biz hatto sizning parolingizni ham bilmaymiz. Bir mijozning ma'lumotlari boshqasiniki bilan aralashmaydi.

5. Cookie va kuzatuv

Asosiy cookie'lar: tizimga kirish sessiyasi (`sid`), til (`lang`), tema (`theme`). Analitika cookie'lari hozircha yo'q. Reklama cookie'lari yo'q.

6. Sizning huquqlaringiz

Ma'lumotlaringizni istalgan vaqt eksport qilishingiz mumkin. Hisobni o'chirib tashlash mumkin — 30 kun ichida hamma ma'lumotlar o'chiriladi. Maxfiylik bilan bog'liq savollarni shu pochtaga yuboring: sales@sentra.uz.

7. O'zgartirishlar

Maxfiylik siyosati o'zgarsa, sizni avans bilan email orqali xabardor qilamiz. Hisob qaytadan tasdiqlanguniga qadar yangi shartlar amal qilmaydi.

Savollar uchun: sales@sentra.uz